Xans-Diter Flik La Ligada «Barselona» bosh murabbiyi sifatida dastlabki 80 ta o‘yinda eng ko‘p g‘alaba qozonish bo‘yicha klub rekordini o‘rnatdi.
Actu Foot Stats ma’lumotiga ko‘ra, nemis mutaxassisi qo‘l ostida «ko‘k-anorranglilar» Ispaniya chempionatidagi dastlabki 80 uchrashuvning 63 tasida g‘alaba qozongan. Bu klub tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.
Flik bu ko‘rsatkich bo‘yicha Luis Enrike va Xosep Gvardiolani ortda qoldirdi. Luis Enrike boshchiligida «Barselona» dastlabki 80 o‘yinda 62 marta, Gvardiola davrida esa 61 marta g‘alaba qozongan.
Xans-Diter Flik «Barselona»ni 2024 yil yozida Xavi Ernandes o‘rniga qabul qilib olgan. 61 yoshli mutaxassisning amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar mo‘ljallangan.
Yakshanba kuni «Barselona» La Liganing 4-turida safarda «Valensiya»ni 5:0 hisobida yirik tarzda mag‘lub etdi.













