Kris Satton APLda hech kim «Arsenal»ni to‘xtatishga qodir emasligini ta’kidladi.
Kris Satton 3-turdagi «Chelsi»ga qarshi o‘yindan (2:1) so‘ng «Arsenal»ning APL chempionlik sovrinini himoya qilish imkoniyatlarini baholadi.
«Arsenal»ni kimdir to‘xtatib qolishga qodirligini ko‘rmayapman. Bu haqiqiy qudrat.
«Chelsi» — yaxshi jamoa, ammo «Arsenal» hamisha g‘alaba qozonish yo‘lini topmoqda.
«Arsenal»ni to‘xtatib qolish mumkinmi? APL jamoalaridan bu hech kimning qo‘lidan kelmaydi deb o‘ylayman», — dedi «Chelsi»ning sobiq hujumchisi.













