Rossiya Premyer-ligasining 7-turi doirasida Maxachqal’aning «Dinamo» klubi o‘z maydonida «Rodina» jamoasini qabul qildi. «Anji Arena»da kechgan keskin va shiddatli bahs mezbonlarning 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘zbekistonlik charm to‘p ixlosmandlari uchun uchrashuvning eng e’tiborli jihati — yosh va iste’dodli himoyachimiz Mahmud Mahamadjonovning Rossiya elitasidagi rasmiy debyuti bo‘ldi. Hamyurtimiz 38-daqiqadayoq bahsga qo‘shilib, jamoasining quruq hisobdagi g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi.
Bahsning endigina 8-daqiqasi o‘tib borayotgan bir paytda «Rodina» hujumchisi German Onugxa qo‘polligi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri maydondan chetlatildi;
Birinchi bo‘lim yakunlanmasdanoq «Dinamo» murabbiylar shtabi o‘yinga jiddiy taktik tuzatishlar kiritdi: Mahamadjonovning maydonga tushishi: 38-daqiqada jarohat olgan Sandrachuk o‘rniga o‘zbekistonlik himoyachi Mahmud Mahamadjonov bahsga qo‘shildi.
Yosh himoyachimiz o‘yin sur’atiga tezda moslashib ketdi, mudofaada raqib hujumlarini bexato bartaraf etdi va jamoasining o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishiga ko‘maklashdi.
51-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Hamid Agalarov himoyadagi bo‘shliqdan unumli foydalanib, hisobni ochdi (1:0). Oradan 13 daqiqa o‘tib, 64-daqiqada Hussam Mreziguye raqib darvozasini ikkinchi bor ishg‘ol qildi va «Dinamo»ning g‘alabasini mustahkamladi (2:0).
Ushbu muvaffaqiyat jamoalarning musobaqa jadvalidagi mavqeiga katta ta’sir ko‘rsatdi. «Dinamo» yuqoriladi: 7 turdan so‘ng 12 ochko jamg‘argan dag‘istonliklar turnir jadvalida 6-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.
RPL. 7-tur.
Dinamo Maxachqal’a — Rodina 2:0
6 sentyabr, «Anji Arena»
Gollar: Agalarov (51), Mreziguye (64).
Dinamo Maxachqal’a: Magomedov, Sandrachuk (MAHAMADJONOV, 38), Alarkon, Alibekov, Sundukov, Apshasev (Aleksandrov, 89), Smelov (Agalarov, 38), Glushkov, MreziguYE, Lesovoy (Xubulov, 89), Miro (Husaynnajod, 86).
Chetlatish: Onugxa (8, Rodina).













