Kirish Ro'yxatdan o'tish

SER: Erik Garsiya 4-raqamli futbolkadan Arauxo sabab voz kechdi

SER: Erik Garsiya 4-raqamli futbolkadan Arauxo sabab voz kechdi

Baho:
+ | -

"Barselona" himoyachisi Erik Garsiya jamoadoshi Ronald Arauxoga hurmat yuzasidan 4-raqamli futbolkani tanlashni istamadi.

SER ma’lumotiga ko‘ra, urugvaylik himoyachining "Liverpul"ga ijaraga ketishidan keyin 4-raqam bo‘sh qolgan. Biroq Erik Garsiya ushbu raqamni olish imkoniyati bo‘lishiga qaramay, bundan voz kechgan.

Ispaniyalik futbolchi Arauxoni hali ham "Barselona"ning muhim a’zolaridan biri deb hisoblaydi. Shu sabab u jamoadoshining raqamini egallashni to‘g‘ri deb bilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Arauxo 2026/27 mavsumini "Liverpul" safida ijara asosida o‘tkazmoqda. Kelishuv 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 13:15, 07.09.2026.
O'qildi: 1033 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик