Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge 2-3 Aston Villa
08/09 21:45 AEK 1-0 LASK
08/09 23:59 Real Madrid 2-1 Inter
08/09 23:59 Portu 0-2 Manchester Siti
08/09 23:59 Borussiya D 3-2 Vilyarreal
08/09 23:59 Lill 2-3 Betis
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 1-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona - Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart - Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona

Mourinyo VAR haqida: «Qoidani bilmasa, ishidan ketishi kerak»

Mourinyo VAR haqida: «Qoidani bilmasa, ishidan ketishi kerak»

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo «Betis»ga qarshi 0:1 hisobida boy berilgan uchrashuvdagi hakamlik borasida fikr bildirdi. Portugaliyalik mutaxassis Kilian Mbappe amalga oshirgan penaltidan keyin vaziyat nima uchun qayta ko‘rib chiqilmaganini tushunmaganini aytdi.

«Avvalo shuni aytaman: biz «Betis»ga yaratgan vaziyatlarimizni golga aylantira olmaganimiz uchun mag‘lub bo‘ldik. Gap shu.

Ammo nega penalti qayta ko‘rib chiqilmadi? VAR qoidani bilmaydimi yoki vaziyatni qayta ko‘rishni xohlamadimi? Men hakamlar bu savolga javob berishini istardim.

Agar VAR qoidani bilmasa, u holda ishidan ketishi kerak. Agar vaziyatni qayta ko‘rishni xohlamagan bo‘lsa, bu yanada yomon. Agar qoidani bilmagan bo‘lsa, nega bosh hakamni chaqirmadi? Bularning barchasi biroz g‘alati», — dedi Mourinyu.

Mutaxassis, shu bilan birga, jamoasining mag‘lubiyatini mazkur epizod bilan bog‘lamasligini ta’kidladi.

«Men vaziyatga ijobiy yondashib, VAR futbolchining jarima maydoni ichida bo‘lganini payqamagan, deb o‘ylashni afzal ko‘raman. Shuni ham aniq aytmoqchiman: biz aynan shu epizod tufayli mag‘lub bo‘lmadik. Chunki penaltini qayta tepganimizda ham gol urmasligimiz mumkin edi.

Ammo «Real» murabbiyi va futbol odami sifatida nega bu vaziyat qayta ko‘rib chiqilmaganini bilmoqchiman. Hakamlar bu savolga javob berishini istayman», — qo‘shimcha qildi u.

Mourinyu Vinisius Juniorga ko‘rsatilgan sariq kartochka haqida ham savol qoldirdi.

«O‘sha o‘yinda yana bir epizod bor edi va u penaltiga umuman bog‘liq emas. Nega «Real» sardori sariq kartochka oldi? Vinisius hakam tomon yo‘l oldi va hali uning oldiga yetib bormasidan kartochkani ko‘rdi.

Bizga sardor hakamga xushmuomalalik bilan murojaat qilib, izoh so‘rash huquqiga ega, deb aytishadi. Men bu vaziyatga ham oydinlik kiritishni istayman», — dedi Mourinyu.

Hozirda «Real» Chempionlar ligasi doirasida o‘z maydonida «Inter»ga qarshi o‘tadigan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Kiritildi: 18:15, 07.09.2026.
O'qildi: 890 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик