Braziliya terma jamoasi va "Real"ning sobiq himoyachisi Roberto Karlos "Inter" futbolchisi Federiko Dimarkoning o‘yiniga yuqori baho berdi.
"Dimarko — ajoyib chap qanot himoyachisi. U o‘zining o‘yin uslubi bilan menga o‘zimni juda ko‘p eslatadi", — dedi Roberto Karlos.
Dimarko "Inter"ning chap qanotidagi asosiy futbolchilardan biri hisoblanadi. Italiyalik futbolchi himoyadagi vazifalaridan tashqari, hujumlarga faol qo‘shilishi va chap oyoqdagi zarbalari bilan ham ajralib turadi.













