Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari 1-0 Lechche
07/09 22:00 Xetafe 1-1 Selta
07/09 23:45 Udineze 1-2 Lasio
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor

Mourinyo "Inter"ga qarshi o‘yin oldidan g‘ayrioddiy sovg‘a oldi (+Video)

Mourinyo "Inter"ga qarshi o‘yin oldidan g‘ayrioddiy sovg‘a oldi (+Video)

Baho:
+ | -

"Real" bosh murabbiyi Joze Mourinyu Chempionlar ligasida "Inter"ga qarshi o‘yin oldidan g‘ayrioddiy sovg‘a oldi.

Madrid klubi bazasidagi matbuot anjumanidan so‘ng italiyalik jurnalist portugaliyalik mutaxassisga suv purkagich to‘pponcha topshirdi. Bunday qurilma futbol maydonlarida gazonni namlash uchun qo‘llanadigan suv sepish tizimiga ishora sifatida tanlangan.

Sovg‘a 2009/10 yilgi Chempionlar ligasida Mourinyu boshqargan "Inter" va "Barselona" o‘rtasidagi mashhur yarim finalni yodga soldi.

O‘sha bahsda "Inter" ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra kataloniyaliklardan ustun kelib, finalga yo‘l olgan. Javob o‘yinida "Kamp Nou"da 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lganiga qaramay, milanliklar hal qiluvchi bosqichga chiqqan edi.

Final hushtagidan so‘ng Mourinyu maydonga chiqib, finalga chiqqanini nishonlagan. Shu payt stadion xodimlari gazonni sug‘orish tizimini ishga tushirgan edi.

Kiritildi: 18:49, 07.09.2026.
O'qildi: 1109 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик