Fabio Kapello yangi mavsumda A Seriyada hakamlik sifatining yaxshilanganini ta’kidladi. «Milan»ning sobiq bosh murabbiyi o‘yinlarda hakamlarning ortiqcha aralashuvi kamayganini ijobiy baholadi.
«Bu ancha oldin qilinishi kerak edi. Hakamning hushtak chalishlarini imkon qadar kamaytirish vaqti keldi. Simulyasiya va to‘qnashuvlar paytidagi baqir-chaqirlarni rag‘batlantirishni to‘xtatish kerak.
Nihoyat, biz haqiqiy futbolni ko‘proq ko‘ryapmiz. Bu esa tomoshabinlarga ko‘proq zavq beradi. O‘yin uzluksiz, tezkor va jismoniy jihatdan agressiv bo‘lgani sababli tobora ko‘proq futbolchilar mushaklarda spazmlardan aziyat chekayotganini ko‘ryapmiz», — dedi Kapello.
Kapello faoliyati davomida «Milan»dan tashqari Rossiya terma jamoasini ham boshqargan.













