Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Spalletti: «U mening otimga o‘xshaydi»

Spalletti: «U mening otimga o‘xshaydi»

Baho:
+ | -

«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti jamoa yaqinda «Nyukasl»dan ijaraga olgan hujumchi Nik Voltemade haqida iliq fikr bildirdi.

«Menda friz oti bor va Voltemade menga unga juda o‘xshab ketadi. U baquvvat, jismoniy jihatdan biroz qo‘rqinchli ko‘rinadi, ammo shu bilan birga juda mehribon, uni silash va hatto minishga imkon beradi. U jamoadoshlari bilan juda yaxshi munosabatda.

U jismoniy kurashda o‘zini himoya qila oladi, ammo doimo tabassum qilib yuradi. U bu yerda bo‘lganidan juda xursand va buning o‘zi ko‘p narsani anglatadi», — dedi Spalletti.

«Yuventus» Italiya chempionatining uch turidan so‘ng 7 ochko to‘plagan. Spalletti jamoasi so‘nggi turda o‘z maydonida «Milan» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Kiritildi: 04:45, 08.09.2026.
O'qildi: 675 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик