Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Mareska «Manchester Siti»ning Chempionlar ligasidagi maqsadini aytdi

Mareska «Manchester Siti»ning Chempionlar ligasidagi maqsadini aytdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska UYEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 1-turidan o‘rin olgan «Portu»ga qarshi o‘yin arafasida jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Uchrashuv seshanba kuni «Dragau» stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan esa 00:00 da boshlanadi.

«Chempionlar ligasi — ajoyib musobaqa. Format o‘zgargan va biz unga moslashishimiz kerak. Ammo bu o‘zgarish ikki-uch yil avval amalga oshirilgan. Albatta, hozir barchasi boshqacha, biroq maqsadlarimiz avvalgidek — o‘zligimizni saqlash va o‘yinlarda g‘alaba qozonish. Keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz», — deya Mareskaning so‘zlarini keltiradi City Xtra.

«Manchester Siti» Chempionlar ligasining o‘tgan mavsumida nimchorak finaldan o‘ta olmagan. Angliya klubi ushbu bosqichda Madridning «Real» jamoasiga imkoniyatni boy bergan.

Kiritildi: 07:38, 08.09.2026.
O'qildi: 721 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик