«Liverpul» yarim himoyachisi Dominik Soboslai Antoni Iraola bosh murabbiy etib tayinlanganidan keyin jamoaning o‘yin uslubi haqida fikr bildirdi.
«Iraola menga juda yoqadi. Uning o‘yin uslubi o‘ta shiddatli va hujumkor ekanini bilaman. Bu menga ma’qul.
O‘tgan mavsumda aynan shu jihat bizga yetishmadi. Agar o‘yinimizga shiddatni qaytara olsak va g‘alabani boshqalardan ko‘proq istashimizni ko‘rsata olsak, bizda buning uchun zarur mahorat bor. Ushbu jihatlar uyg‘unlashsa, bizni hech kim to‘xtata olmaydi», — dedi Soboslai.
Angliya Premyer-ligasining uchta turidan keyin mersisaydliklar bitta g‘alaba va ikkita durang qayd etib, turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.
Iraola shogirdlari navbatdagi uchrashuvini 9 sentyabr, chorshanba kuni UEFA Chempionlar ligasi doirasida «Atletiko»ga qarshi o‘tkazadi.













