Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 3-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona 5-1 Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart 3-1 Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Rasman: "Lion" tarbiyalanuvchisi Saudiya Arabistoni klubiga o‘tdi

Rasman: "Lion" tarbiyalanuvchisi Saudiya Arabistoni klubiga o‘tdi

Baho:
+ | -

"Lion" klub tarbiyalanuvchisi Matis De Karvalyoning Saudiya Arabistoni Pro-ligasi debyutanti "Al-Diriya"ga o‘tganini rasman e’lon qildi.

21 yoshli yarim himoyachining transferi dushanba kuni yakunlandi. "Lion" tarkibdagi futbolchilar sonini qisqartirishda davom etmoqda.

De Karvalyo o‘tgan mavsum asosiy jamoaga jalb qilingan edi. Biroq yarim himoyadagi kuchli raqobat sababli u joriy mavsumda Paulu Fonseka rejalaridan muhim o‘rin olmadi.

Fransiya klubi transfer qiymati 1,1 million yevroni tashkil qilganini tasdiqladi. Shuningdek, "Lion" futbolchining kelajakdagi transferidan 10 foiz ulush oladi.

De Karvalyu yoshligida "Lion" akademiyasiga qo‘shilib, klubning barcha yosh toifalarida to‘p surgan. U 2025 yil 19 sentyabr kuni "Anje"ga qarshi o‘yinda professional futbolda debyut qilgan.

Yarim himoyachi "Lion"ning asosiy jamoasi safida barcha musobaqalarda jami 22 ta uchrashuv o‘tkazdi.

Kiritildi: 10:08, 08.09.2026.
O'qildi: 656 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик