Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Muhammad Saloh: «Liverpul»ga qarshi o‘ynash juda qiyin bo‘lardi»

Muhammad Saloh: «Liverpul»ga qarshi o‘ynash juda qiyin bo‘lardi»

Baho:
+ | -

«Trabzonspor» hujumchisi Muhammad Saloh «Liverpul»ga qarshi o‘ynash imkoniyati haqidagi savolga javob berdi.

«Bunday uchrashuvda turli hissiyotlarni boshdan kechirgan bo‘lardim. Men u yerda to‘qqiz yil o‘ynadim, bu shaharni va uning muxlislarini yaxshi ko‘raman. Bizni doimo alohida munosabatlar bog‘lab turgan. Shuning uchun «Liverpul»ga qarshi o‘ynash juda qiyin bo‘lardi», — deya Salohning so‘zlarini keltiradi SPORTbible.

Eslatib o‘tamiz, Muhammad Saloh 2017 yildan 2026 yilgacha «Liverpul» sharafini himoya qilgan. Misrlik futbolchi yozgi transfer oynasida Angliya klubini tark etib, «Trabzonspor»ga o‘tdi.

34 yoshli qanot hujumchisi yangi mavsumda Turkiya klubi safida oltita uchrashuv o‘tkazib, to‘rtta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:09, 08.09.2026.
O'qildi: 794 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик