«Manchester Yunayted»ning sobiq qanot hujumchisi Jeydon Sancho faoliyatini Angliya Premyer-ligasining boshqa klubida davom ettirishi mumkin.
TEAMtalk xabariga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi ayni paytda Premyer-liganing ikki klubi bilan muzokara olib bormoqda. Angliyalik o‘yinchiga u avval to‘p surgan Dortmundning «Borussiya» klubi ham qiziqish bildirmoqda.
Shuningdek, Turkiya, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari klublari Sanchoni kuzatishda davom etayotgani ta’kidlangan.
Sancho yozgi transfer oynasida «Manchester Yunayted»ni erkin agent sifatida tark etgan edi. Biroq u hozirgacha o‘ziga yangi jamoa topa olmadi.
Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 18 million yevroga baholamoqda.













