Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/09 19:00 Dinamo 1-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 2-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm 0-0 So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche 1-1 Roma
10/09 21:45 PSV 1-1 Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Pochettino AQSH futboli uchun ulkan maqsadlarni belgiladi

Pochettino AQSH futboli uchun ulkan maqsadlarni belgiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Maurisio Pochettino AQSH milliy jamoasi bilan shartnomasini uzaytirgach, mamlakatni jahon futbolining yetakchi davlatlaridan biriga aylantirishni maqsad qilganini aytdi.

Argentinalik mutaxassisning AQSH futbolidagi vakolatlari ham kengaytirildi. Endi u yosh futbolchilarni rivojlantirish, murabbiylar tayyorlash va professional ligalar o‘rtasidagi hamkorlik masalalari bilan ham shug‘ullanadi. Biroq Pochettinoning rejalari 2030 yilgi jahon chempionati bilan cheklanmaydi.

«Bu — AQSHning kelajagi. Jahon chempionatida yaxshi natija ko‘rsatishga va muxlislar bilan birgalikda o‘ziga xos muhit yaratishga harakat qilamiz.

Hozir federasiya yaratmoqchi bo‘lgan merosning bir qismiga aylanishimiz kerak. Asosiy maqsad — AQSHni futboldagi eng qudratli mamlakatlardan biriga aylantirish. Bu — orzu», — dedi Pochettino.

2028 yili Los-Anjelesda o‘tadigan Olimpiada o‘yinlari ham murabbiyning asosiy maqsadlaridan biri. Pochettino AQSH jamoasi o‘z maydonida oltin medal uchun kurashishi kerak deb hisoblaydi. Shuningdek, u yosh futbolchilarga mamlakat sharafini himoya qilish uchun ko‘proq imkoniyat berish lozimligini ta’kidladi.

«Federasiyamiz va mamlakatimizning maqsadlaridan biri Olimpiada oltin medali uchun asosiy da’vogar bo‘lishdir», — dedi murabbiy.

Pochettino AQSHda yosh futbolchilarni tarbiyalashga bo‘lgan munosabatni ham tanqid qildi. Xususan, u klublarning o‘smir futbolchilarni milliy jamoa yig‘inlariga qo‘yib yubormasligiga e’tiroz bildirdi.

«Agar 17 yoshda bo‘lsang va dam olishing kerak bo‘lsa? Voy-voy-voy, demak, senda katta muammo bor.

17 yoki 18 yoshli futbolchiga 30 yoshli o‘yinchi kabi munosabatda bo‘lish mumkin emas. Ba’zan biz 18 yoshli futbolchilarni 28 yoki 30 yoshli o‘yinchilardek qabul qilamiz», — dedi Pochettino.

Murabbiyning fikricha, bunday qarashni o‘zgartirish AQSHda kuchli futbol madaniyatini shakllantirish uchun muhim ahamiyatga ega.

Kiritildi: 13:11, 08.09.2026.
O'qildi: 621 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик