Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko

Bektemir Meliqo‘ziyev WBA chempionini jangga chorladi

Bektemir Meliqo‘ziyev WBA chempionini jangga chorladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning super o‘rta vazn toifasida WBA yo‘nalishi bo‘yicha asosiy da’vogar hisoblangan Meliqo‘ziyev tashkilotning amaldagi chempioni, meksikalik Xayme Munguyaga qarshi ringga chiqish istagini bildirdi.

“Bek Bulli” avvalroq bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ma’lum qilgan edi. O‘zbekistonlik bokschi Munguyaga 31-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Mexico vs The World professional boks oqshomi doirasida jang o‘tkazishni taklif qildi.

Mazkur boks oqshomining markaziy jangi Saul Alvares va Kristian Mbilli o‘rtasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, Bektemir Meliqo‘ziyev ayni paytda WBA reytingida birinchi o‘rinni egallab turibdi. O‘zbekistonlik bokschi so‘nggi jangida ganalik Sena Agbekoni texnik nokaut evaziga mag‘lub etib, WBA qit’alararo chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgan edi.

Mazkur g‘alaba Meliqo‘ziyevning professional ringdagi 17-g‘alabasi bo‘ldi. Uning hisobida birgina mag‘lubiyat mavjud. Supero‘rta vazn toifasining WBA yo‘nalishidagi amaldagi chempioni Xayme Munguya hisoblanadi.

30 yoshli o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi ayni paytda professional boks bo‘yicha sobiq Jahon chempioni Oskar de la Hoyaga tegishli bo‘lgan Golden Boy promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Kiritildi: 14:36, 08.09.2026.
O'qildi: 948 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик