Kirish Ro'yxatdan o'tish

David Soriya La Ligada yangi rekord o‘rnatdi

David Soriya La Ligada yangi rekord o‘rnatdi

Baho:
+ | -

«Xetafe» darvozaboni David Soriya La Ligada ketma-ket asosiy tarkibda maydonga tushish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi.

Ispaniya chempionatining 4-turida «Selta»ga qarshi 1:1 hisobida yakunlangan uchrashuvda 33 yoshli golkiper 90 daqiqa to‘liq harakat qildi. Bu Soriya uchun La Ligada ketma-ket asosiy tarkibda o‘tkazilgan 193-o‘yin bo‘ldi.

Darvozabon 2018 yildan buyon «Xetafe» sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu vaqt davomida u Madrid klubi safida 304 ta o‘yin o‘tkazib, 329 ta gol o‘tkazib yuborgan va 100 ta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Kiritildi: 15:36, 08.09.2026.
O'qildi: 746 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик