To‘rt vazn toifasida mag‘lubiyatga uchramagan jahon chempioni, yaponiyalik Naoya Inoue karyerasining kelajagi haqida fikr bildirib, faoliyatini qachon yakunlashi mumkinligini aytdi.
«Mening pozisiyam, umuman olganda, o‘zgargani yo‘q. Agar Jessi Rodriges bilan jang amalga oshmasa, yarim yengil vazn toifasiga o‘tish haqida o‘ylayman. Karyeramning so‘nggi ikki-uch yilini tavakkalsiz janglar o‘tkazishga sarflashni istamayman. Men og‘irroq vazn toifasiga o‘tib, o‘zimga yangi chaqiriq tashlamoqchiman», — deya Inouening so‘zlarini The Ring nashri keltirgan.
Naoya Inoue 33 yoshda. Yaponiyalik bokschi professional ringdagi faoliyatini 2012 yilda boshlagan. 2014 yilda birinchi yengil vazn (49 kg gacha) va ikkinchi yengil vazn (52,2 kg gacha) toifalarida jahon chempioni bo‘lgan. 2022 yilda legchayn vazn (53,5 kg gacha) toifasida absolyut jahon chempioniga aylangan, 2023 yilda esa ikkinchi yengil vazn toifasida absolyut chempion bo‘lgan.













