«Liverpul» yarim himoyachisi Aleksis Mak Allister Angliya klubida o‘zini baxtli his qilayotganini aytdi.
«Men «Liverpul»ni yaxshi ko‘raman. Bu yerda bo‘lish menga yoqadi, muxlislarni ham yaxshi ko‘raman. Ba’zan futbolchi bir klubda juda uzoq vaqt o‘ynab, qayerda ekanini his qilmay qo‘yishi mumkin. Menda bunday emas.
Men bu ajoyib klub ekanini juda yaxshi tushunaman. Bu shaharda ham o‘ziga xos nimadir bor va, albatta, bu yerda bo‘lish menga juda yoqadi», — dedi Mak Allister.
Argentina terma jamoasi futbolchisi «Liverpul»ga 2023 yil yozida «Brayton»dan ko‘chib o‘tgan. Mersisaydliklar uning transferi uchun 35 million funt to‘lagan.
Makallisterning «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.













