Rossiyadagi France Football muxbiri Konstantin Klyoshyov yilning eng yaxshi darvozaboniga beriladigan sovrin nega endi SSSR terma jamoasining sobiq darvozaboni Lev Yashin nomi bilan atalmayotganini tushuntirdi. Avvalroq jurnal sovringa nomzodlarni e’lon qilishda sovet futbolchisi nomini tilga olishni to‘xtatgan edi.
«France Football barcha sovrinlarni shaxs nomidan ajratib qo‘ydi: «Yilning eng yaxshi darvozaboni» (avval — Yashin sovrini), «Eng yaxshi yosh iqtidor» (Kopa sovrini), «Eng yaxshi murabbiy» (Kruiff sovrini) va hokazo.
Men hozircha bu mavzu bo‘yicha France Football vakillaridan hech kim bilan gaplashganim yo‘q. Ammo, menimcha, bu erkaklar va ayollar o‘rtasidagi nominasiyalar bir xil bo‘lgani bilan bog‘liq. Ayollar futbolida hozircha buyuk nomlar bilan bog‘liq bunday sovrinlarning o‘xshashi yo‘q. Shuning uchun nominasiyalardan shaxs nomlari olib tashlashga qaror qilishgan. Bu yaxshi yoki yomon ekanini baholay olmayman», — dedi Klyoshyov «Chempionat» muxbiri Vladimir Chetverik bilan suhbatda.
Sovrinning amaldagi sohibi — «Manchester Siti» va Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarumma.













