Opta superkompyuteri Yevropa Chempionlar Ligasi 2026/27-yilgi mavsumi oldidan jamoalarning musobaqada g‘olib chiqish imkoniyatlarini hisoblab chiqdi.
Unga ko‘ra, Londonning “Arsenal” klubi musobaqada g‘alaba qozonish uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Superkompyuter “kanonirlar”ning imkoniyatini 20,9 foiz deb baholadi. Myunxenning “Bavariya” klubi 19,4 foiz bilan ikkinchi pog‘onani egallab turgan bo‘lsa, “Manchester Siti” 12,3 foiz bilan kuchli uchlikka yakun yasagan.
Kataloniyaning “Barselona” klubi imkoniyatlari 8,2 foiz etib belgilangan. Amaldagi chempion — Fransiyaning “PSJ” jamoasi esa 7,1 foiz ko‘rsatkich bilan kuchli beshlikdan joy olgan. E’tiborli tomoni, musobaqada eng ko‘p g‘alaba qozongan “Real” esa 4,4 foiz bilan 7-pog‘onani band etgan.
Opta superkompyuteri taxminlariga ko‘ra, UEFA Chempionlar Ligasining 2026/27-yilgi mavsumi asosiy favoritlari (top-10)
“Arsenal” — 20.9 foiz
“Bavariya” — 19.4 foiz
“Manchester Siti” — 12.3 foiz
“Barselona” — 8.2 foiz
“PSJ” — 7.1 foiz
“Liverpul” — 6.1 foiz
“Real Madrid” — 4.4 foiz
“Manchester Yunayted” — 3.8 foiz
“Inter” — 3.6 foiz
“Aston Villa” — 2.0 foiz
Eslatib o‘tamiz, UEFA Chempionlar Ligasining 1-tur uchrashuvlar 8—10 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.













