Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 3-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona 5-1 Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart 3-1 Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Uaxbi jamoaga murabbiylik qilishda davom etsa Amrabat Marokash terma jamoasida o‘ynamaydi

Uaxbi jamoaga murabbiylik qilishda davom etsa Amrabat Marokash terma jamoasida o‘ynamaydi

Baho:
+ | -

"Ayaks" yarim himoyachisi Sofyan Amrabat Marokash terma jamoasini Muhammad Uaxbi boshqarar ekan, terma jamoadagi faoliyatini to‘xtatib turishini e’lon qildi.

"Marokash sharafini himoya qilish men uchun eng katta sharaf bo‘ldi. 12 yil oldin chaqiruv olganimdan beri, men mamlakatim uchun hamma narsani berdim va milliy terma jamoa libosini faxr bilan kiydim. Marokashga bo‘lgan muhabbatim va bu jamoaning men uchun nimani anglatishi abadiy o‘zgarishsiz qoladi.

Bu juda qiyin qaror bo‘ldi, lekin men hozirgi bosh murabbiy qo‘l ostida milliy terma jamoa sharafini himoya qilishni davom ettira olmayman deb o‘ylayman. Shuning uchun, u lavozimida qolguncha chaqiruvga tayyor bo‘lmayman. Jamoa va barcha ishtirokchilarga hurmat ko‘rsatib, sabablarni sir saqlashni afzal ko‘raman.

Men aniqlik kiritmoqchiman: men xalqaro futboldan ketmayman va Marokash uchun yana o‘ynash eshigini yopmayman. Jamoadoshlarimga va barcha xodimlarga muvaffaqiyat tilayman. Men sizning eng katta muxlisingiz bo‘lib qolaman, sizni maydonda har doim ko‘rsatgan ishtiyoq bilan qo‘llab-quvvatlayman. Marokashlik muxlislar, sevgingiz va qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur" - deb yozdi Amrabat.

Kiritildi: 22:16, 08.09.2026.
O'qildi: 536 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик