Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Valverde: «Muxlislar noroziligida to‘liq haq»

Valverde: «Muxlislar noroziligida to‘liq haq»

Baho:
+ | -

«Real» yarim himoyachisi Federiko Valverde Chempionlar ligasida «Inter»ga qarshi o‘yinda muxlislarning noroziligiga munosabat bildirdi. Uchrashuvning ayrim qismlarida madridliklar raqib bosimi ostida o‘z darvozasi tomon chekinishga majbur bo‘ldi.

«Ikkinchi bo‘limda ancha qiynaldik. «Real» bilan, ayniqsa o‘z maydonimizda, bunday holat bo‘lmasligi kerak.

Biz o‘z futbolimizni raqibga singdirishimiz lozim edi, ammo to‘pni ushlab turish va o‘yin sur’atini nazorat qilishda sabr yetishmadi. Natijada o‘yin juda tartibsiz tus oldi va ko‘p vaqt himoyalanishimizga to‘g‘ri keldi.

Muxlislarning noroziligi? Albatta, ular to‘liq haq. Biz qanday qilib yaxshiroq o‘ynash va maydonda aniqroq harakat qilishni tushunishimiz kerak. Hisobda oldinda bo‘lgan paytda yanada sabrli va xotirjam o‘ynash lozim», — dedi Valverde Movistar efirida.

«Real» mazkur uchrashuvda «Inter»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Kiritildi: 03:47, 09.09.2026.
O'qildi: 956 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик