«Bavariya» sport bo‘limi rahbari Maks Eberl darvozabon Yonas Urbigning istiqbollari haqida fikr bildirdi.
23 yoshli darvozabon hozircha Manuel Noyerning o‘rinbosari hisoblanadi, ammo kelasi mavsumdan boshlab Myunxen klubining asosiy darvozaboniga aylanishi kutilmoqda.
— Kelajakda Urbigni Germaniya terma jamoasining asosiy darvozaboni sifatida ko‘ryapsizmi?
— Buni men hal qilmayman. Biz Yonasning salohiyati juda yuqori, deb hisoblaymiz va uni «Bavariya»da Noyerning vorisi sifatida tasavvur qila olamiz. U Manueldan o‘rganishda davom etadi. Men unda Germaniya terma jamoasining bo‘lajak darvozabonini aniq ko‘ryapman, ammo qachon va qanday maqomda bo‘lishini ayta olmayman, — dedi Eberl.
Yonas Urbig hozirgacha Germaniya milliy terma jamoasi safida debyut qilmagan.













