«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland Chempionlar ligasida yana o‘zining sermahsulligi bilan ajralib turdi.
26 yoshli norvegiyalik forvard seshanba kuni «Portu»ga qarshi uchrashuvda dubl qayd etib, jamoasiga 2:0 hisobidagi g‘alabani ta’minladi.
Bu gollar orqali Xoland Angliya klublari safida Chempionlar ligasida urilgan gollar sonini 36 taga yetkazdi. Shu tariqa u Serxio Aguero va Didye Drogba bilan birga ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi. Angliya klublari safida eng ko‘p gol urgan futbolchi esa 46 ta gol bilan Muhammad Saloh hisoblanadi.
Xoland 2022 yil yozida «Manchester Siti»ga qo‘shilgan. U jamoa safida barcha turnirlarda 203 ta uchrashuv o‘tkazib, 167 ta gol urgan.













