Kirish Ro'yxatdan o'tish

Golovin kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi

Golovin kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi

Baho:
+ | -

Hujumkor yarim himoyachi Aleksandr Golovinga «Spartak»dan taklif tushgan. Shunga qaramay, futbolchi kamida qishgacha «Monako»da qolishni rejalashtirmoqda.

«Chempionat» nashri vaziyatdan xabardor manbaga tayanib xabar berishicha, Golovin o‘z qarorini faqat «Monako» tomonidan unga ultimatum qo‘yilgan taqdirdagina o‘zgartirishi mumkin.

Avvalroq Rossiya Premyer-ligasining yana bir top-klubi — «Zenit» ham Golovinga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Aleksandr Golovin «Monako» safidagi to‘qqizinchi mavsumini boshladi. Rossiyalik futbolchi Fransiya klubi tarkibida jami 271 ta o‘yin o‘tkazib, 40 ta gol urgan va 48 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Kiritildi: 16:06, 09.09.2026.
O'qildi: 818 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик