Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya

Matteus «Oltin to‘p» uchun favoritni aytdi

Matteus «Oltin to‘p» uchun favoritni aytdi

Baho:
+ | -

Germaniya futboli afsonasi Lotar Matteus 2026 yilgi «Oltin to‘p» uchun kurashda «Bavariya» hujumchisi Garri Keynni asosiy favorit deb hisoblashini aytdi.

Matteusning fikricha, Angliya terma jamoasi hujumchisi mavsum davomida barcha musobaqalarda yuqori saviyada o‘ynagan.

«Men uchun Keyn — “Oltin to‘p” uchun asosiy favorit. U Germaniya chempioni va mamlakat kubogi sohibi bo‘ldi, Chempionlar ligasida yarim finalga chiqdi, jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi. U har bir musobaqada o‘zini ko‘rsatdi, gollar urdi va jamoalarining yetakchisi bo‘ldi», — dedi Matteus.

Sobiq futbolchi, shuningdek, Keynning maydondagi va undan tashqaridagi xulq-atvorini ham alohida ta’kidlab, bu kabi omillar ovoz berish jarayonida muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

Matteusning ta’kidlashicha, boshqa nomzodlar ham katta natijalarga erishgan, biroq umumiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha Keynning imkoniyatlari juda yuqori.

2026 yilgi «Oltin to‘p» taqdirlash marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 16:17, 09.09.2026.
O'qildi: 1107 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик