Bugun O‘zbekiston Superligasining 21-turidan o‘rin olgan "Neftchi" — "Surxon" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bahs Farg‘onadagi "Istiqlol" stadionida o‘tkaziladi va soat 19:00 da boshlanadi. Uchrashuv Futbol TV orqali jonli namoyish etiladi.
Jamoalar shu kunga qadar Superliga doirasida 33 marta o‘zaro to‘qnash kelgan. Ularning 22 tasida "Neftchi" g‘alaba qozongan, "Surxon" esa atigi bir marta zafar quchgan. Yana 10 ta uchrashuv durang bilan yakunlangan.
To‘plar nisbati ham farg‘onaliklar foydasiga — 77:24.
"Neftchi"ning "Surxon" ustidan eng yirik g‘alabasi 5:0 hisobida qayd etilgan. Termizliklarning raqib ustidan eng yirik g‘alabasi esa 2:1 bo‘lgan.
Bugungi uchrashuv jamoalarning Superliga tarixidagi 34-o‘zaro bahsi bo‘ladi.














