«Pari Sen-Jermen» bosh murabbiyi Luis Enrike Xvicha Kvarasxeliyaning «Oltin to‘p» sohibi bo‘lish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
Gruziyalik vinger ushbu sovrin uchun 30 nafar nomzod qatoriga kiritilgan. Uning yana to‘qqiz nafar jamoadoshi ham nomzodlar ro‘yxatidan joy olgan.
«Kvara — ajoyib futbolchi, u «Oltin to‘p»ni yutishi mumkin. Fabian, Vitinya va boshqa futbolchilar ham shunday. Butun “Park-de-Prens” Dembele va «Oltin to‘p» haqida qo‘shiq aytib, uni qo‘llab-quvvatladi. Balki tez orada bu qo‘llab-quvvatlash jamoamizning boshqa futbolchisiga bag‘ishlanar. “PSJ”ning 10 nafar futbolchisi nomzodlar ro‘yxatida ekani juda yaxshi natija», — dedi Enrike matbuot anjumanida.
Chorshanba kuni «PSJ» o‘z maydonida Chempionlar ligasi doirasida «Slovan»ni 6:1 hisobida mag‘lub etdi. Ferran Torres xet-trik qayd etdi, Usman Dembele ikki gol urdi, yana bir golga Fabian Ruis mualliflik qildi.
«Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.













