«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik «Feyenoord» ustidan 5:1 hisobidagi yirik g‘alabadan so‘ng jamoadagi ishlari haqida fikr bildirdi. Bu kataloniyaliklarning ketma-ket beshinchi g‘alabasi bo‘ldi.
«Barselonani boshqarayotganimdan baxtliman. Biz gol uramiz va o‘yinni nazorat qilamiz — bizning uslubimiz shu. Biz kuleslarning zavq olishini xohlaymiz va ular bundan rohatlanishyapti.
Ko‘rayotganlarim menga juda yoqyapti, ammo yaxshilashimiz kerak bo‘lgan jihatlarni ham ko‘ryapman. Ta’kidlamoqchimanki, men baxtliman, garchi o‘sish uchun doimo imkoniyat bor. Hozir mavsumning boshlanishi xolos, sovrinlar qo‘lga kiritiladigan may oyining o‘rtalarigacha hali ancha vaqt bor. Ishlar umidbaxsh ketmoqda. Biz juda yaxshi mashg‘ulot o‘tkazyapmiz, intensivlik ham kerakli darajada.
Menimcha, yordamchilarim juda yaxshi ishlayapti, yangi futbolchilarni ham qo‘shib hisoblaganda, hamma o‘zini jamoada yaxshi his qilmoqda. Bizda ko‘plab mahoratli futbolchilar bor va ularni to‘g‘ri boshqarish kerak. “Valensiya” bilan o‘yindan keyin biz men ko‘rgan eng yaxshi mashg‘ulotni o‘tkazdik, hatto “Bavariya”dagi mashg‘ulotlardan ham yaxshiroq edi. Biz baxtlimiz va bu bilan faxrlanamiz», — dedi «Barselona» bosh murabbiyi.













