«Zenit»ning sobiq futbolchisi Migel Danni «PSJ» vingeri Xvicha Kvarasxeliyaning 2026 yilgi «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish imkoniyatlarini baholadi.
«Xvicha ajoyib mavsum o‘tkazdi. Unda «Oltin to‘p»ni yutish uchun yaxshi imkoniyat bor.
Uning eng kuchli jihati? Birga-bir vaziyatlarda raqibni aldab o‘tish mahorati. Uning driblingi aql bovar qilmas darajada», — deya portugaliyalik sobiq futbolchining so‘zlarini «Sovetskiy Sport» keltiradi.
Kvarasxeliya 2025/26 mavsumi Chempionlar ligasining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.
«Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi. Sovrinning amaldagi sohibi — «PSJ» hujumchisi Usman Dembele.













