«Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraola Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turida «Atletiko» ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi.
«Jamoa o‘z xarakterini ko‘rsatdi. O‘yin boshi biz uchun ancha qiyin kechdi, ammo ikkinchi bo‘limda juda yaxshi harakat qildik.
Uchrashuv boshidagi futbolimiz uchun aybning bir qismini o‘z zimmamga olaman. Raqib taktikasi bilan bizni hayron qoldirdi. Men boshqacha o‘yin kutgan edim.
Tanaffusda ayrim o‘zgartishlar kiritdik va shundan keyin ancha yaxshi ko‘rindik», — deya Iraolaning so‘zlarini UEFA matbuot xizmati keltiradi.
«Liverpul» Chempionlar ligasidagi keyingi uchrashuvini safarda Avstriyaning LASK klubiga qarshi o‘tkazadi.













