Bugun O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Xitoyga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Osiyo o‘yinlari oldidan so‘nggi tayyorgarlik bahsi yopiq eshiklar ortida o‘tkaziladi.
Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoamiz uchrashuvni quyidagi tarkibda boshlaydi: Muratbayev, Hamidov, Murtazoyev, Rizoqulov, Xayrullayev, Saidnurillayev, O‘rinboyev, Fayzullayev, O‘rmonjonov, Karimov va Ibraimov.
Jamoa sardori sifatida O‘rinboyev maydonga tushadi.
Xitoy — O‘zbekiston uchrashuvi 10 sentyabr kuni soat 14:00 da Dalyan sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.














