Bugun O‘zbekiston Superligasining 21-turidan o‘rin olgan "Dinamo" — "Qizilqum" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bahs Samarqanddagi "Dinamo" stadionida o‘tkaziladi va soat 19:00 da boshlanadi. Uchrashuv Sport TV orqali jonli namoyish etiladi.
Jamoalar shu kunga qadar Superliga doirasida 43 marta o‘zaro to‘qnash kelgan. Ularning 18 tasida "Qizilqum", 14 tasida "Dinamo" g‘alaba qozongan. Yana 11 ta bahs durang bilan yakunlangan.
To‘plar nisbatida ham deyarli tenglik kuzatiladi — 56:57. Bu ko‘rsatkichda navoiyliklar minimal ustunlikka ega.
"Dinamo"ning "Qizilqum" ustidan eng yirik g‘alabasi 6:1, "Qizilqum"ning raqibiga qarshi eng katta hisobdagi g‘alabasi esa 4:1 ko‘rinishida qayd etilgan.
Bugungi bahs jamoalar o‘rtasidagi Superliga tarixidagi 44-uchrashuv bo‘ladi.













