Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya

Rahmonaliyev "Old Trafford"da asosiy tarkibda o‘ynashi kutilmoqda

Rahmonaliyev "Old Trafford"da asosiy tarkibda o‘ynashi kutilmoqda

Baho:
+ | -

Bugun Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turida "Manchester Yunayted" o‘z maydonida Ozarbayjonning "Sabah" klubini qabul qiladi. Uchrashuv oldidan jamoalarning taxminiy asosiy tarkiblari ma’lum bo‘ldi.

"Manchester Yunayted" darvozasida Senne Lammens o‘ynashi, himoya chizig‘idan Diogu Dalot, Lenni Yoro, Lisandro Martines va Lyuk Shou joy olishi kutilmoqda. Yarim himoyada Kobbi Maynu, Yuri Tilemans, Brunu Fernandesh, hujumkor chiziqda esa Brayan Mbeumo, Patrik Dorgu va Benyamin Sheshko harakat qilishi mumkin.

"Sabah"ning ehtimoliy tarkibida esa Stas Pokatilov, Junior Almeyda, Rahmon Dashdamirov, Tellur Mutallimov, Timoteush Puxach, Ivan Lepinisa, Umarali Rahmonaliyev, Aleksey Isayev, Velko Simich, Kristian Nvachukvu va Joy-Lans Mikels qayd etilgan.

O‘zbekistonlik muxlislar uchun asosiy e’tibor Umarali Rahmonaliyevga qaratiladi. Hamyurtimiz "Sabah"ning boshlang‘ich tarkibida "Old Trafford" maydoniga chiqishi kutilmoqda.

"Manchester Yunayted" — "Sabah" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 16:39, 10.09.2026.
O'qildi: 1562 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик