«Nyukasl» himoyachisi Lyuis Xoll yaqinda shartnomasini uzaytirganiga qaramay, 2027 yilda klubni tark etishi mumkin. Bu haqda talkSPORT xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 2026 yil yozida 22 yoshli angliyalik futbolchiga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirgan. Xollning o‘zi ham transferga qarshi bo‘lmagan. Biroq «Nyukasl» taklif miqdoridan qat’i nazar, himoyachi sotilmasligini ma’lum qilgan.
Avvalroq Xoll «qarg‘alar» bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirgan va amaldagi kelishuviga yana ikki yil qo‘shgandi.
Jamoaning yangi bosh murabbiyi Mattias Yayssle Xollga uni asosiy futbolchilardan biri sifatida ko‘rishini va chap qanot himoyachisi pozisiyasida birinchi raqam deb hisoblashini aytgan.
Bu Xollni yaxshilangan shartlardagi yangi kelishuvga rozi bo‘lishga ishontirgan. Natijada u jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylangan.
Shunga qaramay, 2026/27 yilgi mavsum yakunlanganidan keyin Xollning transfer bozoriga chiqarilishi ehtimoli istisno etilmayapti.
2025/26 yilgi mavsumda Xoll 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt Angliya terma jamoasi futbolchisining transfer qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.













