Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

«Barselona» Xulian Alvaresga qishda yana transfer taklifi bo‘lishini va’da qildi

«Barselona» Xulian Alvaresga qishda yana transfer taklifi bo‘lishini va’da qildi

Baho:
+ | -

El Chiringuito TV xabariga ko‘ra, «Barselona» «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresga yanvar oyida uni transfer qilish uchun yana bir bor harakat qilishiga ishontirgan.

Kataloniya klubi yozgi transfer oynasida argentinalik forvardni qo‘lga kiritish uchun jiddiy harakat qildi, ammo natijaga erisha olmadi. «Atletiko» futbolchini sotmaslik borasidagi qat’iy pozisiyasidan deyarli chekinmadi.

Alvaresning klubdan ketishga urinishlari ham samara bermadi, chunki madridliklar hujumchini qo‘yib yuborishni istamadi.

Oxir-oqibat Argentina terma jamoasi futbolchisi vaziyatni qabul qilib, «Atletiko» tarkibiga qayta moslashdi. «Barselona» esa nisbatan arzonroq muqobil variant sifatida Gabriel Jezusni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Shunga qaramay, «Barselona»ning Alvaresga bo‘lgan qiziqishi hamon jiddiyligicha qolmoqda. Klub qishki transfer oynasida uni sotib olish uchun yana bir bor urinib ko‘rishni rejalashtirmoqda.

La Liga chempioni Alvares transferini amalga oshirish uchun katta mablag‘ ajratish va moliyaviy feyr-pley doirasida yetarli imkoniyat yaratish ustida ham ishlamoqda.

Kiritildi: 17:05, 10.09.2026.
O'qildi: 1127 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик