"Yuventus" himoyachisi Pyer Kalyulyu kelajakda klubini almashtirishi mumkin. Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, fransuz futbolchisiga Angliya Premyer-ligasining bir qator klublari qiziqish bildirmoqda.
Kalyulyu uchun asosiy da’vogar sifatida "Manchester Yunayted" ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, 26 yoshli himoyachini "Liverpul", "Tottenxem" va "Aston Villa" ham o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.
Pyer Kalyulyu o‘tgan yil yozidan buyon "Yuventus" sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning Turin klubi bilan shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Transfermarkt portali mutaxassislari fransuz futbolchisining bozor qiymatini 32 million yevroga baholamoqda.













