Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor

Tennis. US Open turnirining ayollar o‘rtasidagi finalchilari ma’lum bo‘ldi

Tennis. US Open turnirining ayollar o‘rtasidagi finalchilari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

AQSHning Nyu York shahrida yilning eng so‘nggi “Katta dubulg‘a” turniri — AQSH ochiq chempionati yarimfinal o‘yinlari yakunlandi. Dunyoning birinchi hamda ikkinchi raqamli tennischilari final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Birinchi yarim finalda belaruslik Arina Sabalenka amerikalik Jessika Pegulani 7:5, 6:2 hisobida mag‘lub etdi. Eyslar bo‘yicha amaldagi chempion ustunlikka erishdi — 7 ga 4. Shuningdek, Arina uch marta qo‘shxatoga yo‘l qo‘ydi.

Shundan so‘ng, qozog‘istonlik tennischi Yelena Ribakina yana bir amerikalik raketka ustasi Koko Goffni 3:6, 6:4, 6:4 hisobida taslim qildi. Eyslar bo‘yicha Qozog‘iston vakili ustunlikka erishdi — 5 ga 4. Goff esa to‘rt marta qo‘shxatoga yo‘l qo‘ydi.

Final uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 13 sentyabr kuni o‘tar kechasi soat 01:00da boshlanadi.

Arina Sabalenka va Yelena Ribakina faoliyati davomida “Katta dubulg‘a” turnirlarida uch marta to‘qnash kelgan. Sabalenka 2021 yilgi “Uimbldon” va 2023 yilgi Avstraliya Ochiq chempionati finalida g‘alaba qozongan. 2026 yilgi Australian Open finalida esa Ribakina Sabalenkani mag‘lub etgan.

Ma’lumot o‘rnida, Sabalenka 28 yoshda, u 2024 yilning oktyabr oyidan buyon WTA reytingida birinchi o‘rinni egallab turgan edi. US Open yakunlanganidan so‘ng, Ribakina peshqadamlikni qo‘lga oladi. Sportchi 23 ta turnirda g‘alaba qozongan. U to‘rtta “Katta dubulg‘a” turnirlarida — ikki martadan Avstraliya ochiq chempionati (2023, 2024) va AQSH ochiq chempionatida (2024, 2025) zafar quchgan.

Yelena Ribakina 27 yoshda. Qozog‘istonlik tennischi Ayollar tennis assosiasiyasi (WTA) turnirlarining yakkalik bahslarida jami 8 ta titulni qo‘lga kiritgan. Ribakina 2 marta “Katta dubulg‘a” turnirida — “Uimbldon” (2022) hamda Avstraliya ochiq chempionatida (2026) bosh sovriniga ega chiqqan. U yakkalik bahslarida 2020 yilgi Tokio Olimpiadasida 4-o‘rinni egallagan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:08, 11.09.2026.
O'qildi: 441 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик