La Liga klublarning moliyaviy barqarorligini maosh limiti orqali nazorat qiladi. Har bir klub uchun mavsum davomida xodimlarga to‘lanishi mumkin bo‘lgan maksimal maosh miqdori belgilanadi. Limit buzilsa, yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati cheklanadi.
«Real» eng yuqori maosh limitiga ega klub bo‘lib, madridliklar xodimlarga bir mavsumda 832,79 million yevro to‘lashi mumkin. O‘tgan mavsumda bu ko‘rsatkich 761,23 million yevroni tashkil etgan.
«Barselona»ning maosh limiti 582,77 million yevroni tashkil qiladi. Kataloniyaliklar uchun ham vaziyat yaxshilangan: o‘tgan yili klubning maosh limiti mart oyida 351,28 million yevro, sentyabrda esa 432,8 million yevro bo‘lgan.
Hozir eng og‘ir vaziyat «Sevilya»da. Klubning maosh limiti 20,16 million yevroni tashkil etadi.













