Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldo 2026 yilgi AQSH Ochiq chempionati ayollar o‘rtasidagi yakka tartibdagi yarim final bahsida ishtirok etdi. Unda dunyoning birinchi raqamli raketkasi, belaruslik Arina Sobolenko va WTA reytingida uchinchi o‘rinda turgan amerikalik Jessika Pegula o‘zaro kuch sinashdi.
Ronaldo Sobolenko joylashgan lojada o‘tirib, uchrashuvni kuzatdi. Belaruslik tennischi 7:5, 6:2 hisobida g‘alaba qozonib, turnir finaliga yo‘l oldi.
/i/z/o/17891151031752431885.jpg)
Finalda Sobolenko Qozog‘iston vakili Yelena Ribakinaga qarshi bahs olib boradi. Ular joriy yilda Avstraliya Ochiq chempionati finalida ham to‘qnash kelgan.
Sobolenko finalga chiqqan va turnirda g‘olib bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lganiga qaramay, musobaqa yakunlari bo‘yicha WTA reytingidagi birinchi o‘rinni boy beradi. Dunyoning birinchi raqamli raketkasiga Ribakina aylanadi.













