«Barselona» sport direktori Deku jamoaning markaziy hujumchi masalasi haqida fikr bildirdi. Klub yozda Robert Levandovski «Chikago Fayr»ga ketganidan so‘ng ushbu pozisiyani kuchaytirish variantlarini ko‘rib chiqqan edi.
«Levandovski o‘ziga xos futbolchi edi va unga to‘laqonli o‘rinbosar topish juda qiyin. Bunday darajadagi hujumchilar ko‘p emas. Shu bilan birga, raqiblarga Rafinyaga qarshi o‘ynash ham oson emas, chunki u doimo pozisiyasini o‘zgartiradi va maydon bo‘ylab ko‘p harakatlanadi. Menimcha, «Barselona»ga albatta klassik goleador kerak emas», — dedi Deku.













