Bugun O‘zbekiston Superligasining 21-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" — "Mash’al" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bahs oldidan jamoalarning asosiy tarkiblari ma’lum qilindi.
"Lokomotiv" bosh murabbiyi Mirko Yelichich start tarkibiga Aleksey Kozlov, Sunnatilla Poyonov, Oleksandr Kucherenko, Abdulloh Yo‘ldoshev, Oleg Zoteev, Yovan Nishich, Sardor Mirzayev, Bilol To‘pliyev, Diyorjon Turopov, Jasurbek Yaxshiboyev va Temurxo‘ja Abduxoliqovni kiritdi.
"Mash’al" esa Sergey Lushchan boshchiligida bahsni Samandarbek Jo‘rabekov, Og‘abek Abdurahimov, Tohirbek To‘xtasinov, Muhammadbobur Mo‘ydinov, Ergash Ismoilov, Boburjon Asqarov, Komiljon Tojiddinov, Ifeani Ifeani, Sardor Abduraimov, Humoyun Murtozayev va Nuriddin Nuriddinov bilan boshlaydi.
Uchrashuv Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionida soat 19:00 da start oladi. Bahsni Ahrol Risqullayev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradi.













