«Milan» bosh murabbiyi Ruben Amorim Seriya Aning 3-turida «Yuventus» bilan 1:1 hisobidagi durangdan so‘ng o‘ziga nisbatan bildirilgan tanqidlarga munosabat bildirdi.
«Tanqid — odatiy hol. Bu yerda u Manchesterdagidan ham ko‘proq bo‘ladi, deb o‘ylamayman. Raqibning darajasini ham hisobga olish kerak. Ba’zan Spallettidek mutaxassis shunchaki mendan kuchliroq bo‘lib chiqishini tan olish lozim.
Biroq bu bizning maqsadlarimizni o‘zgartirmaydi. Chet ellik murabbiy kelib, qanday o‘ynash kerakligini o‘rgatishi sizlar uchun qabul qilishga oson emasligini tushunaman. Ammo bizning maqsadimiz doimo g‘alaba qozonish va o‘yinlarda ustunlik qilish bo‘lib qoladi.
Men jamoa doimo loyihamizning markazida bo‘lishini va’da qilganman. Lekin har doim ham bir xil darajada tomoshabop futbol ko‘rsatishga kafolat bera olmayman.
«Yuventus»ga qarshi o‘yindan keyin nimani kutish kerakligini tushundim. Futbolchilarga ham aytdim: biz xatosiz harakat qilishimiz kerak. Chunki ko‘pchilik faqat mening qoqilishimni kutayotgan edi», — dedi avvalroq «Manchester Yunayted»ni boshqargan Amorim.













