Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya

Imeda Ashortia: «Gol urganim va jamoaga uch ochkoni qo‘lga kiritishda yordam berganimdan xursandman»

Imeda Ashortia: «Gol urganim va jamoaga uch ochkoni qo‘lga kiritishda yordam berganimdan xursandman»

Baho:
+ | -

«Andijon»ning vodiy derbisi doirasida «Qo‘qon-1912» klubiga qarshi uchrashuvida 90+1-daqiqada gruziyalik Imeda Ashortia g‘alaba goliga mualliflik qildi.

Ushbu futbolchi klub matbuot xizmatiga o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Avvalo, barcha narsa uchun Xudoga shukr aytaman. Kechagi o‘yin, deyarli barcha uchrashuvlar kabi, biz uchun juda muhim edi. Ayniqsa, bu derbi bo‘lgani uchun uning ahamiyati katta edi. «Paxtakor»dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin psixologik jihatdan uch ochko olish biz uchun juda muhim edi.

O‘z golim haqida gapiradigan bo‘lsam, yana bir bor barcha narsa uchun Xudoga shukr aytaman. Gol urganim va jamoaga uch ochkoni qo‘lga kiritishda yordam berganimdan xursandman. O‘z muxlislarimiz qarshisida bu o‘yinni qiyin bo‘lsa-da, oxirigacha yetkazib, g‘alaba qozonganimiz juda hissiyotli lahzalarga boy bo‘ldi.

Hozir esa oldimizda juda muhim davr turibdi. Shu tarzda davom etishimiz, o‘yin sifatini ham, natijalarni ham yanada yaxshilashimiz kerak. Xudo xohlasa, buning uddasidan chiqamiz», — dedi Imeda «Andijon» klubi matbuot xizmatiga.

Manba: @andijonpfc
Kiritildi: 08:00, 12.09.2026.
O'qildi: 552 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик