Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

JCH-2030 finali Marokashdagi 115 ming o‘rinli stadionda bo‘lishi mumkin

JCH-2030 finali Marokashdagi 115 ming o‘rinli stadionda bo‘lishi mumkin

Baho:
+ | -

Marokash futbol federasiyasi rahbari Fauzi Lekja 2030-yilgi Jahon chempionatining hal qiluvchi o‘yini qayerda o‘tkazilishi kerakligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, final uchrashuvini hozirda qurilishi davom etayotgan va 115 ming muxlisni sig‘dira oladigan ulkan stadion qabul qiladi.

Lekjaning ma’lum qilishicha, mazkur bahs Kasablanka shahri yaqinidagi Bensliman provinsiyasida bo‘lib o‘tadi:

“JCH—2030 finalini qabul qilishdek sharaf aynan Bensliman provinsiyasiga nasib etadi deb umid qilaman. Shunday ekan, kelgusida hukumat tarkibidan joy oladigan har qanday rahbar oldida faqat bir yo‘l qoladi — ushbu hududni jadal rivojlantirish”, deydi Lekja.

Ma’lumot o‘rnida, Kasablanka shahri yaqinidagi Bensliman provinsiyasida “Hasan II” nomidagi muhtasham arena barpo etilmoqda. 115 ming o‘ringa mo‘ljallangan mazkur ob’ekt qurib bitkazilgach, dunyodagi eng yirik futbol stadioniga aylanadi.

Qizig‘i shundaki, Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) final uchrashuvi aynan qayerda o‘tishini hali rasman tasdiqlaganicha yo‘q. Shuningdek, bu borada Marokashning asosiy raqobatchisi Ispaniya bo‘lib turibdi. Ispaniya futbol federasiyasi final o‘yinini aynan o‘z mamlakatida qabul qilishi kerakligini doimiy ravishda ta’kidlab kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, JCH—2030 bahslarining asosiy qismiga Marokash, Portugaliya va Ispaniya mezbonlik qiladi. Dastlabki mundialning 100 yilligi munosabati bilan musobaqaning uchta o‘yini Janubiy Amerikada — Paragvay, Urugvay va Argentinada bo‘lib o‘tadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:30, 12.09.2026.
O'qildi: 1061 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик