Kirish Ro'yxatdan o'tish

Risharlisonning «Tottenxem»dan «Vasko da Gama»ga transferi amalga oshmadi

Risharlisonning «Tottenxem»dan «Vasko da Gama»ga transferi amalga oshmadi

Baho:
+ | -

«Tottenxem» hujumchisi Risharlisonning «Vasko da Gama» klubiga transferi amalga oshmadi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Avvalroq 29 yoshli braziliyalik futbolchi joriy mavsum uchun «Tottenxem»ning APLda ishtirok etadigan tarkibiga kiritilmaganidan so‘ng noaniq holatda qolgani xabar qilingan edi. Risharlison va uning jamoasi «Tottenxem» bilan shartnomaning qolgan qismini bekor qilish maqsadida sudga murojaat qilish imkoniyatini ham o‘rgangan.

Manbalarga ko‘ra, «Tottenxem» futbolchining transferi borasida «Vasko da Gama» bilan kelishuvga erishgan. Biroq muammo futbolchining shaxsiy shartlarida yuzaga kelgan.

Bundan tashqari, Braziliyadagi transfer oynasi 11 sentyabr, juma kuni yopildi.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 11:28, 12.09.2026.
O'qildi: 750 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик