«Liverpul»ning braziliyalik darvozaboni Alisson Beker joriy mavsum yakunlanganidan so‘ng klubni tark etishi mumkin. Bu haqda Football Insider xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «Liverpul» Alisson bilan muddati tugayotgan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayapti. Kutilishicha, 33 yoshli golkiper kelasi yozda «Enfild»ni erkin agent sifatida tark etadi.
Alisson 2018 yildan buyon «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda.
Joriy mavsumda braziliyalik darvozabon barcha musobaqalar hisobida 4 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol o‘tkazib yubordi. U bir uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Angliya Premyer-ligasining dastlabki uch turidan keyin «Liverpul» 5 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.













