«PSJ»ning sobiq yarim himoyachisi Renatu Sanshesh ayni paytda erkin agent maqomida bo‘lib, faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Footmercato xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 29 yoshli portugaliyalik futbolchi «Xetafe» bilan muzokaralarga kirishgan. Ayni paytda ushbu variant Sanshesh uchun ustuvor hisoblanmoqda.
Futbolchining o‘zi ham Ispaniya futbolida o‘zini sinab ko‘rish imkoniyatiga qiziqish bildirmoqda.
Sansheshning so‘nggi klubi Gresiyaning «Panatinaikos» jamoasi bo‘lgan. U mahalliy chempionatda 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













