«PSJ» hujumchisi Usman Dembele jamoadoshi, gruziyalik vinger Xvicha Kvarasxeliya haqida fikr bildirdi.
«U ajoyib futbolchi, dunyodagi eng yaxshi qanot hujumchilaridan va eng kuchli futbolchilardan biri. O‘tgan mavsumda u juda yaxshi o‘ynadi va jamoa uchun juda muhim futbolchi hisoblanadi. Uning laqablari ko‘p, biz uni bu yerda “Eng yaxshi” yoki “Kvaradona” deb ataymiz», — dedi Dembele The Athletic nashriga.
O‘tgan mavsumda Kvarasxeliya 48 ta uchrashuvda 19 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma amalga oshirdi. Joriy mavsumda esa vinger 5 ta o‘yinda 1 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etgan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 140 million yevroni tashkil etadi.













